2017 yilda "Formula-1" böyiça Germaniyada ötişi belgilangan Gran-pri ötkazilmaydigan böldi. “Formula-1” poygalari rahbari Berni Ekklstoun Germaniya tomoni musobaqani ötkazişga qiziqişni yöqotgani haqida xabar bergan.

Poygada germaniyalik pilotlar Sebastyan Fettel va Niko Rosberg iştirok etayotganiga qaramay, unga bölgan qiziqiş keskin tuşib bormoqda.

2015 yil Nyurburgring trassasi moliyaviy muammolar sabab bosqiçni ötkaza olmagandi. Ekklstoun esa Germaniyada poygaga qiziqişning tuşib ketganini tuşuna olmayotganini aytmoqda. 2016 yil Xokkenxaym trassasi bosqiçni qabul qiladi.

2017 yili poygani ötkazişi lozim bölgan Nyurburgring esa buni istaşini bildirmagan. Ekklstoun uşbu avtodromni sotib oliş niyatida yurgandi, biroq keyinçalik köproq narx taklif qilgan tomonga avtodrom pullangan.