Ma'lumki, keça Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1 392 jurnalist iştirokida katta matbuot anjumani ötkazdi. Davlat rahbarining diqqatini tortib, öz savolini beriş uçun jurnalistlar qöllarida koptok, qalam, böyinboğ va boşqa predmetlarni kötarişdi.

Hatto ayrimlar “Homiladorlarga navbat bering”, “Hammaga uy berilsin”, “Neft”, “Ona” singari şiorlar yozilgan transparantlarni kötarib kirişdi. Anadolu axborot agentligining muxbiri Yelena Teslova esa bu borada öziga xos yöldan borib, qölidagi Turkiya bayroğini baland kötardi.

Ta'kidlanişiça, tadbirda xavfsizlik çoralari har doimgidan kuçaytirilgan. Faqat muxbirning ismi yozilgan va surati yopiştirilgan akkreditatsiya kartasiga ega şaxslar detektorlarda tekşiruvdan ötkazilib kiritilgan. Ortiqça narsalar olib qolingan. Şunga qaramay, köplar yuqorida tilga olingan buyumlarni olib kirişga muvaffaq bölgan.

Putin Teslovaning qölidagi bayroqni körişi hamon unga söz navbatini berilişiga işora qildi. Jurnalist ayol davlat rahbariga ikkita savol berdi:
- Siz Turkiya siyosiy elitasini turk xalqidan ajratişingizni aytgandingiz. Şunday ekan, Turkiyaning Moskvadagi elçixonasiga uyuştirilgan hujum, turkiyalik talabalar va işbilarmonlarning mamlakat taşqarisiga çiqarib yuborilişini qanday baholaysiz?
- Vena kelişuvlariga qaramay, Asadning kelajagi haqidagi savollar oçiq qolib ketdi.

AQŞ va Rossiya muzokaralaridan söng bu masalada biror yangilik bölsa, Asad ötiş davrida iştirok eta oladimi? Nyu-Yorkdagi muzokaralarda qanday pozitsiyada turasiz?
“Putindan söraydigan köp savollarim bor edi, şunça jurnalist içida uning diqqatini torta olişim kerak edi, - dedi Teslova anjumandan söng. – Men Anadolu axborot agentligida işlayman. Şu bois Turkiya bayroğini kötarişga qaror qildim”.