Londonning "Çelsi" jamoasi portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoni boş murabbiylik lavozimidan iste'foga çiqardi.

Bugun kunning ikkinçi yarmida "Çelsi" rahbariyati 52 yoşli mutaxassisning kelajagini muhokama qildi. Majlisda murabbiyning keyingi oylardagi faoliyati tanqid qilingan va yakunda uni işdan böşatiş böyiça qaror qabul qilindi.

Jamoa unga mavsum oxirigaça maoş tölaşda davom etişi aytilgan.

Qayd etiş kerakki, jamoani ötgan mavsumda jamoani çempionlikka yetaklab kelgan Mourino şu yilning 7 avgust kunida yangi 4 yillik şartnoma imzolagandi.

Uning örniga jamoani mavsum oxirigaça boşqarib turişi uçun Guus Xiddink taklif etilişi aytilmoqda.

Şuningdek, jamoada iş boşlaşi mumkin bölgan nomzodlar orasida "Bavariya"ni mavsum söngida tark etadigan Hosep Gvardiola, işsiz yurgan murabbiylar Xuande Ramos hamda Brendan Rodjyers nomlari bor.

Qayd etiş kerakki, "Çelsi" joriy mavsumda Mourino murabbiyligida APL doirasida ötkazilgan 16 öyindan keyin 15 oçko töplagan holda 16 örinda joylaşgan.

Şevçenko «Çelsi»da iş boşlaşi mumkin

"Çelsi"ni mavsum yakunigaça Xiddink, yangi mavsumda Simeone boşqarişi mumkin

Mourino: "Çelsi" futbolçilari menga xiyonat qilişdi va endi APLning kuçli törtligiga kira olmaymiz

Mourino qişki transferlar vaqtida tarkibni kuçaytiriş orqali muammolarni hal qilmoqçi

Joze Mourino: "Çelsi"ni bunday ahvolda köriş qayğuli

Joze Mourino: "Çelsi" bilan 10 yillik şartnoma tuzişga qarşi emasman