Lamborghini kompaniyasi rahbari Stefan Vinkelmann 14 yillik faoliyatdan keyin italyan avtokonsernini tark etişi mumkin. Bu haqda Car naşri xabar qilgan.
Taxmin qilinişiça, Vinkelmann Volkswagen tizimida Audi uçun detallar tayyorlovçi Quattro GmbH kompaniyasi rahbarligi lavozimini egallaşi mumkin. U nafaqaga çiqayotgan Xaynts Xollervegerning örnini egallaşi aytilgan.
Lamborghini kompaniyasining yangi rahbari Stefano Domenikali bölişi mumkin. Ayni vaqtda u Audi kompaniyasida işlamoqda.
Ma'lumot uçun, Stefan Vinkelmann 1964 yilda Berlin şahrida tuğilgan. U avtomobilsozlik sanoatida 1994 yildan buyon işlab kelmoqda. Vinkelmann turli yillarda Fiat va Mercedes-Benz kompaniyalarida faoliyat körsatgan. 2005 yilning 1 yanvarida esa Lamborghini rahbariga aylangandi.






