Sönggi vaqtlarda mobil texnologiyalar mutaxassislari tomonidan smartfon işlab çiqaruvçilari lol qoldirolmayotganliklari töğrisidagi fikr tez-tez quloqqa çalinib turibdi. Gap biz ğaroyib işlanmalarga könikib qolganligimizda emas, çunki haqiqatan ham hayron qoldiriş endilikda u qadar oson bölmay qoldi.
G Flex 2 ning öziga xosligi nimada? Nima uçun mazkur apparat premium imkoniyatlar töplamiga ega bölgan öta işonçli va maksimal darajadagi kuçli smartfon istagida bölganlar uçun qiziqarli yeçim hisoblanadi?

1. Yuqori darajadagi egiluvçanlik. Tuşirib yubordingiz yoki kutilmagan holda bosib oldingiz... Havotirga tuşmang! G Flex 2 bunday bosimlar bilan muvaffaqiyatli tarzda kuraşa oladi. Smartfon konstruksiyasi uning “egiluvçan” degan nomini butunlay oqlaydi. Egiluvçanlik darajasi oson harakatlar bilan ekranni biroz qavariq holga kelitiriş imkonini beradi, moslaşuvçan ekranni esa bolğadan taşqari heç narsa bilan sindirib bölmaydi. Endilikda sensordagi darz ketişlar yoki qöldan tuşirib yuboriş natijasida yuzaga keladigan boşqa şikastlanişlar tufayli doimiy ravişda yangi smartfon sotib olişingizga töğri kelmaydi.
2. Özini-özi qayta tiklovçi qobiq. Korpusning çiziqlar körinişidagi şikastlanişlari sizga tanişmi? Albatta. G Flex 2 bilan siz ular haqida unutasiz. Siz uni hatto jilvir qoğozdan işlangan qoplama (çexol iz najdaçnoy bumagi)da saqlaşingiz ham mumkin, ikki daqiqa davomida qurilmaga dam berilişi mayda şikastlarni bartaraf etiş uçun kifoya qiladi. Ğaroyib texnologiya - himoya qobiğining öz-özini qayta tiklaniş sirini LG muhandislari hali ma'lum qilişmagan.
3. Egilgan dizayn. Bu nafaqat eng zamonaviy dizaynerlik yeçimi, balki optimal darajadagi ergonomikadir. Endilikda siz eşitiş yomon bölganida dinamik va mikrofonning joylaşuviga moslaşişingizga töğri kelmaydi, G Flex 2’da ular sözlovçi uçun ham, tinglovçi uçun ham eng qulay örinda joylaşgan. Oddiy statsionar telefon trubkalari biroz egilgan şaklda ekanligi bejiz emas.

4. 13 MP OIS+ lazer avtofokusli kamera. G Flex 2 smartfonida bugungi kunda eng yaxşi hisoblangan mobil kameralardan biri örnatilgan bölib, u LG smartfonlarining fotografiya borasidagi barça yangi imkoniyatlaridan foydalana oladi. 13 megapiksel, OIS+ optik muvofiqlaştiruvçi tizim, lazerli avtofokus, displeyning istalgan nuqtasiga bosilganida suratga oliş, multi suratga oliş – bularning bari sizning şinavandalar sifatli fotografiyasidan qançalik uzoq bölişingizga qaramay, suratlaringizga a'lo darajadagi sifatni taqdim etadi.






