Ğarbning bir qator ommaviy axborot kanallari Rossiya byudjyetining “abramoviç”larga konvertatsiyasini amalga oşirdilar. Bu şartli birlik bölib, 1 “abramoviç” 7.9 mlrd dollarga tengdir (Forbes ma'lumotlariga qaraganda, bugungi kunda tijoratçi Roman Abramoviçning boyligi mana şunday baholanadi).
Hisob-kitoblarga qaraganda, Rossiya ğaznasining 2016 yildagi daromadi 25.2 “abramoviç”ni taşkil qiladi.
Byudjyet parametrlari “barçaga tuşunarli va murakkab materialni özlaştiriş bilan boğliq qiyinçiliklar tuğdirmaydigan” bir şaklda hisoblab va örganib çiqildi. Dastavval makroiqtisodiy birliklardan foydalaniş rejalaştirilgan edi (“proxorov” va “deripaska”lar singari), lekin rossiyaliklar oligarx deganda birinçi navbatda Abramoviçni tuşunişi inobatga olindi.
2016 yilda byudjyet 25.2 “abramoviç”ga boyişi bilan birga, xarajatlar 29.5 “abramoviç”ni, kamomad esa 4.3 “abramoviç”ni taşkil etadi. Ijtimoiy siyosatga 8.13, mudofaaga 5.77, ta'lim tizimiga 1.06, soğliqni saqlaşga 0.89, madaniyatga 0.16 “abramoviç” sarflanişi rejalaştirilgan. Şuningdek, yil oxirida Zaxira jamğarmasida 2.25 “abramoviç” bölişi aytilmoqda.
Eslatib ötamiz, 15 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan 2016 yilning federal byudjyeti haqidagi qonunga muvofiq daromad 13.738 trln, buromad 16.099 trln rubl hajmida rejalaştirilgan. Kamomad 2.36 trln rublni (YaIMning 3 foizi) taşkil etilişi kutilmoqda. Byudjyet Urals neftining bir barreli narxi 50 dollarni taşkil etişiga asoslanib tuzilgan.






