Özbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diyevning xonadonida oğir judolik yuz berdi. Bugun, 17 dekabr kuni aktyorning turmuş örtoği Zaylixon aya Sa'diyeva olamdan ötdi. Bu haqda qalampir.uz xabar tarqatdi.

Marhuma san'atşunos olima edi. U şuningdek Toşkent şahridagi maktablardan birida öqituvçi sifatida işlab, şogirdlar yetiştirgan.

Ularning ikki nafar farzandlari bor: öğli Habibullo, qizi Munisxon.

Kun.uz tahririyati Sa'diyevlar oilasiga çuqur hamdardlik bildiradi.

Zaylixon Sa'diyeva gazetalarning biriga bergan intervyusida Yodgor Sa'diyev bilan qanday tanişgani haqida şunday degan edi:

— Men rus maktabida öqiganman. Bir kuni maktabdan kelib televizorni yoqsam, bir yigit özbek tilida bir şe'rni çiroyli, ma'noli, dona-dona qilib aytayapti. Rus tilida öqiganim uçun ham şe'r ma'nosiga tuşunmasdim-u, lekin ekrandagi yigit oromimni öğirlagandi (kuladi). Yursam ham, tursam ham şe'r öqigan yigit köz oldimdan ketmasdi. Öşa paytlari bitiruvçi sinf öquvçisi edim. Yodgor aka ilk marotaba «Dilbarim» filmida suratga tuşgan. Şundan söng qaysidir jurnalda suratlari bilan çiqdi. Ana şu jurnaldagi suratlarni qirqib olib, yotoqxonamga yopiştirib qöygandim (kuladi). Oradan bir neça yillar ötgaç, eşitişimça, men yoqtirgan yigit otam bilan bitta teatrda işlar ekan. Bu xabarni eşitib, juda quvondim. Otam ham, onam ham teatrda işlaşardi. Bizni ham teatrga olib borib turişardi. Yodgor akaning teatrda işlaşini eşitib, halovatim yöqoldi. Keyin onamga, «Sizning örningizga matn tarjima qilgani boray», deb bahona qiladigan böldim. Şu tariqa teatrga borib turardim, fursatdan foydalanib, Yodgor aka bilan yaqindan tanişişga muşarraf böldim. Şu orada u kişi harbiy xizmatga ketadigan böldi. Taniş-bilişlardan xizmat manzilini olib, qaysidir bayram bilan tabriklab, xat yozib jönatgandim. Xizmatdan qaytganidan söng u kişining ham köngli borligini, menga nisbatan munosabati jiddiyligini aytdi. Keyin sovçi jönatdi. Yodgor aka, «Zaylixon, bilasizmi, uylanmoqçi bölsam, avval onasini körib, keyin qizini olaman, deb niyat qilardim», dedi.