2015 YB asteroidi 19 dekabrda Yerdan bor-yöği 60 ming km uzoqlikdan uçib ötadi, deb xabar bermoqda Moskva planetariysiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. Asteroid uçib ötadigan masofa Yerdan Oygaça bölgan masofadan 7 marta kiçikroq böladi.

“Samoviy jism 2 kun avval, ya'ni 2015 yil 16 dekabrda AQŞ observatoriyalaridan birida Orion yulduzlar turkumida aniqlandi”, deb aytdi planetariy xodimi.

Asteroid Toşkent vaqti bilan soat 17:00 larda Yerga maksimal darajada yaqinlaşadi. Uni faqatgina katta professional teleskoplar yordamida köriş mumkin böladi.

Astronomlarning baholaşiça, jismning ölçami diametrida 8-18 metrni, tezligi esa 14,45 km/soniyani taşkil qiladi. Unga sayyoramiz bilan töqnaşiş ehtimolini istisno qiluvçi nolinçi xavfsizlik darajasi berildi.