AQŞning Consumer Reports naşri 2015 yilning eng yomon avtomobillari röyxatini e'lon qildi. Jurnalistlar ekspertlar bilan birga maşinalarni sinovdan ötkazib, şunga yaraşa reyting tuzib çiqişdi.
Testlar çoğida Consumer Reports jurnalistlari avtomobillarni köplab parametrlar böyiça baholab, 1dan 100 ballgaça baholab çiqişdi. Reytingga eng past ball töplagan maşinalar kiritildi.

Toyota Yaris xetçbeki sinov natijalariga köra 47 ball töpladi. Mutaxassislar salon içining torligi, şovqin izolyatsiyasining yomonligi va rulning noqulayligini qayd qilişdi. Bundan taşqari, dinamik körsatkiçlar pastligi, ötkazmalar qutisida faqat tört diapazonning borligi ularga yoqmadi.

tC Scion kupesi (Toyota’ga tegişli) 44 ball töplay oldi. Ekspertlar unda ham aynan şu kamçiliklar borligini, lekin ular yanada çigallaştirilganini ta'kidlab ötdilar.
Mitsubishi i-MiEV elektrokari 35 ballgagina erişdi. Yuriş körsatkiçlarining pastligi, dinamik körsatkiçlarning yomonligi va eski intereri tufayli uning natijasi past böldi.

Mitsubishi’ning yana bir modeli – Mirage xetçbeki sinovlarda 29 ball töpladi. Beş eşikli maşina 3 silindrli dvigatelning vibratsiyasi va boşqaruvning yomonligi tufayli bunday past natija qayd qildi.

Eng past natija esa Jeep Wrangler Unlimited yöltanlamasiga tegdi – model faqat 20 ball töplay oldi. Sinovçilarning fikriça, uni boşqariş qiyin, yuriş körsatkiçlari past, yoqilği sarfi esa juda yuqori: 100 km ga 14 l. Şunga qaramay, Wrangler egalarining 76 foizi maşinadan köngli tölganini, uni qaytadan xarid qilişga tayyorligini ta'kidlaşdi.






