AQŞ prezidenti Barak Obama Bear Grills şousini suratga oliş jarayonida, agarda bu hayotiy zarurat bölmasa, heç qaçon öz siydigini içmasligini aytdi.

The Daily Beast naşrining yozişiça, bu haqda Oq Uy rahbari Running Wild realiti-şousining qismlaridan birida bu e'tirofni bildirgan. Körsatuv 17 dekabr kuni NBC telekanalida çiqqan.

“Menda bunday odat yöq. Men faqatgina şou uçun bunday qilmagan bölardim”, - ta'kidladi AQŞ rahbari.
Şunga qaramay, ilgari aytilganidek, körsatuv davomida u Grills tomonidan taklif qilingan, ilgariroq ayiq tomonidan parçalangan lososni yeyişga rozi bölgan edi.

Sentyabr oyida Alyaskaga sayohat qilgan Obama turli tadbirda iştirok etib, global isiş muammolarini kötarib çiqdi. Bu muammoga jamoatçilik diqqatini jalb qiliş uçun Obama britaniyalik maşhur sayohatçi va şoumen Grills bilan qönğiroqlaşib, uning teleşousida iştirok etişga kelişib oldi.

S'yomkadan söng bergan intervyusida Grills prezident bilan 50 kişi yurganini, ular orasida vertolyotlardagi snayperlar va harbiylardan taşqari matbuot xizmati xodimlari va şaxsiy degustator bölganini aytdi.