Ma'lumki, bugun Iroq taşqi işlar vaziri Ibrohim al-Ja'fariy BMT Xavfsizlik Kengaşiga murojaat qilib, mamlakat şimoliga Turkiya qöşinlarining kirib kelişi yuzasidan rezolyutsiya qabul qilişga çaqirdi.

Uning sözlariga qaraganda, rezolyutsiya “turk okkupatsiyasi”ni qoralaşi hamda “davlat irodasiga qarşi noqonuniy bostirib kiriş”ni aks ettirişi lozim.
Şu munosabat bilan Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili Holit Çevik Xavfsizlik Kengaşining Iroq murojaati yuzasidan çaqirilgan navbatdan taşqari yiğilişi çoğida rasmiy Bağdodni IŞIDga yon bosişda, terrorçilarga qarşi kuraş işini töxtatib qolişda aybladi.

Çevik Turkiya heç qaçon Iroq suverenitetini buzişdan manfaatdor bölmasligini işontirib aytdi.
“Anqara vaziyatni yumşatiş uçun yetarliça çoralar kördi. Avval boşidan biz masalani ikki tomonlama kanallar orqali hal qilişga urindik. Bu masalani xalqaro maydonlarga olib çiqiş jahon hamjamiyatining IŞIDga qarşi birdamligini buzişdan boşqa biror maqsadga xizmat qilmaydi”, - ta'kidladi Çevik.