Suriya prezidenti Başar Asad Damaşqdagi qadimiy çerkovda Rojdestvo oldi ibodatiga taşrif buyurdi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Davlat televideniyesi Asad öz rafiqasi bilan keçasi Damaşq Avliyo onasi çerkoviga taşrif buyurgani videosini namoyiş qildi. Asad u yerda çerkov xori bilan suhbatlaşdi va ibodatxonaning boş zalida xorning çiqişini tingladi.

18 dekabrda Damaşqning eski qismida joylaşgan çerkov yonidagi hudud minomyotlardan öqqa tutilgan. Çerkov Suriya armiyasi va qurollangan muxolifat örtasida janglar ketayotgan joydan unça uzoqda joylaşmagan.

Avvalroq AQŞdagi Suriya muxolifatining milliy koalitsiyasi vakili Najib Gadban Suriya muholifati ötiş jarayoni davomida Başar Asad bilan muzokaralar ötkaziş zarur, deb hisoblaşini aytgandi.