Qozoğistonlik sinoptiklarning ob-havo başoratlari köpinça amalga oşmaydi, lekin buning ortida ham bir manfaat yotibdi. Bundan kim manfaatdorligini aniqlaş maqsadida “Karavan” gazetasi öziga xos taftiş ötkazdi.
“Qazgidromet” sobiq boş mutaxassisi Boris Stepanovning taxminiga köra, u mazkur “notoza” işdan gumonsiray boşlagani bois işdan böşatilgan.
“Ba'zan “Qazgidromet” rahbariyati öz iste'dodini bejizga sarflayapti, degan tasavvur uyğonadi. Axir bunday fantaziya bilan ular Hollivudda tabiiy ofatlar haqida blokbasterlar olib, millionlar işlaşi mumkin edi. Ularning berayotgan ob-havo başoratlari har qanday ssenariylardan köra hayajonli. Faqat bir yoz davomida Olmaotani 35 marta böron girdobiga olişi, har birida uç kunlab sel kelişi lozim edi. Megapolis aholisi hozirga qadar tirik ekanligi çinakam mö'jiza bölsa kerak”, - deb yozadi jurnalist.
Oxirgi yillarda professor Stepanov havo başoratini aniqlaştiradigan metodika ustida işlagan, lekin uning taklifi idora rahbarlariga ma'qul kelmagan.
Stepanovning işontirişiça, yolğon böron tahlikalaridan mömaygina daromad olsa böladi. Negaki böronga tayyorgarlik uçun katta pul ajratiladi, butun texnika va favqulodda xizmatlar doimiy şay holatda tutiladi. Şu bilan birga, bir neça marotaba berilgan başoratlar notöğri çiqqaç, keyingi başoratlarga e'tibor qaratilmaydi, agarda ular töğri çiqib qolsa, davlat tabiiy ofatlarni şay holatda kutib ololmaydi. Bunga misol tariqasida Stepanov 22-23 iyul kunlari Olmaotada kuzatilgan selni keltirdi. Uning oqibatida 429 obekt suv ostida qolib ketdi. Oqibatlarni bartaraf qilişga esa 2 mlrd tanga ajratildi.
“Bu kiçkina sel edi, - deydi ekspert. – Şunçaki sinov böldi, desa ham böladi. Barça FVVga hujum qildi, göyoki ular e'tiborsiz qoldirganidek. Aslida esa hamma gap ob-havo başoratçilarida edi. FVV va “Qazselhimoya” har uç kunda böron haqida ogohlantiriş olardi metereologlardan. Butun yoz böyi töğonlar oldida navbatçilik qiliş yaxşi, lekin aniq başoratlar beriş undan köra yaxşiroq emasmi?”.






