20 dekabr kuni Ispaniyada parlamentga saylovlar bölib ötdi. Uşbu saylov tarixiy ahamiyatga ega bölib, uning natijasida qariyb 30 yildan köproq vaqt mavjud bölgan ikki partiyali tizimga barham berilişi nazarda tutilgan.
Saylov uçastkalari ertalab soat 9da oçilgan va ovoz beriş jarayoni soat 20.00ga qadar davom etdi.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, saylovda Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoya boşçiligidagi Xalq partiyasi ğalaba qozongan.
Ispaniya IIV sayti ma'lumotiga köra, hukmron partiya parlamentda 126ta örin olgan.
Ikkinçi örin esa Ispaniya sotsialistik işçilar partiyasiga tekkan. Bu partiya 95ta örinni qölga kiritgan. Uçinçi örinda qolgan Podemos partiyasi 39ta, Törtinçi örindagi "Fuqarolar" partiyasi 30ta mandat olgan.
Kongressdagi (quyi palata) 350 deputatlik örni uçun va Senatdagi 208 örin uçun 4353 nomzod – 2263 erkak va 2090 ayol kuraş olib bordi. Nomzodlar 13ta siyosiy partiya va birlaşmalardan körsatilgandi.
Ma'lumot uçun, Ispaniyada 36,5 million kişi ovoz beriş huquqiga ega. Ulardan 1,9 millioni xorijda istiqomat qiladi. Şuni hisobga olib, xorijiy mamlakatlarda 22,9 ming saylov uçastkasi taşkil etildi. Qariyb 1,6 million odam saylovda birinçi bor iştirok etgan.
Saylov uçun davlat byudjyetidan 130,24 million yevro ajratildi.






