Angliyaning «Mançester Yunayted» klubi rahbariyati jamoa boş murabbiyi Lui van Gaalni APLning navbatdagi uçraşuvlaridan birida «Stok Siti» yoki «Çelsi» jamoalaridan biriga yutqazgan taqdirda iste'foga çiqaradi. Bu haqda The Telegraph naşri xabar tarqatmoqda.
«MYu» rahbariyati jamoa murabbiyining bu mavsumdagi işidan qoniqiş hosil qilmayapti. Klub YeÇLning pley-off bosqiçiga çiqa olmadi, APLda çempionlik uçun barqaror kuraş olib bora olmayapti. Buning ustiga jamoaning barça turnirlarni qöşib hisoblaganda ğalaba qozona olmagan öyinlari soni oltitaga yetdi (uçta mağlubiyat va uçta durang).
Eslatib ötamiz, oldinroq, Britaniya matbuotida van Gaalning örnini yaqindagina «Çelsi» murabbiyligidan iste'foga çiqarilgan Joze Mourino egallaşi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.






