Jahonda neft narxlari tuşişda davom etmoqda. Hozirgidan past narxlar faqat 2004 yilda qayd qilingan edi. Bu haqda Rambler News Service ICE qit'alararo birja ma'lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.

Brent rusumli neft fevral fyuçerslari narxi Londonning ICE Futures birjasida 1.34 foizga tuşib, 1 barrelining narxi 36.14 dollarni taşkil qildi.
Minimal narxlar 36.17 dollarni taşkil qilib, 2004 yilning 13 iyulidagi natijani yangiladi.

WTI nefti narxi Nyu-York tovar birjasidagi sotuvlarda (NYMEX) 0.58 foizga tuşib, barreliga 34.53 dollarni taşkil qildi.