Özbek kinosi tarixida ilk marotaba zamonaviy 4K formatda film suratga olindi. “Özbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida rejissyor Rustam Sa'diyev tomonidan suratga olingan “Baron” filmiga ayni paytda Magic Pro Production studiyasida ranglar jilosi bilan sayqal berilmoqda.

Rejissyorning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, jahon standartlariga javob beruvçi mazkur kartina IMAX kinozallarida ham namoyiş etişga möljallangan holda suratga olindi. Tasvirga oliş işlari 2015 yil may oylarida boşlangan bölib, sentabr oyida ovozlaştiriş işlariga yetib kelindi.

Bugungi kunda filmni rus va ingliz tillariga ögiriş işlari ham jadallik bilan olib borilmoqda. “Baron” premerasi 2016 yilning boşida bölib ötişi rejalaştirilgan. 

Eslatib ötamiz, mazkur kartinada "Karib dengizi qaroqçilari", "Muqaddas zamin" kabi Gollivud filmlaridagi iştiroki orqali tanilgan aktyor Gassan Massud boş rolni ijro etiş uçun taklif etilgan.

Rejissyor Rustam Sa'diyev bilan bölib ötgan intervyuning töliq matni yaqin soatlarda e'tiboringizga havola etiladi.