Özbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov 10 dekabrdagi farmoni bilan 2016 yilgi “Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturi realizatsiyasida inobatga olinişi lozim bölgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Asosiy vazifalardan biri sifatida oilani, onalik va bolalikni himoya qiluvçi qonunçilik va me'yoriy-huquqiy bazani takomillaştiriş körsatildi. Qonunçilikda ayollarning huquqlari himoya qilinişini, ularning soğlom avlod tarbiyalaşdagi rolini, oila institutini mustahkamlaşni körsatib beriş talab qilinadi.

Şuningdek, onalik va bolalikni himoya qiliş, ularning soğliğini ta'minlaş uçun zaruriy ijtimoiy, maişiy va tibbiy şart-şaroitlarni yaratiş muhim ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu esa, öz navbatida, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi va kadr salohiyatini östirişni, aholining tibbiy madaniyatini oşirişni, yoşlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalaştirişni taqozo qiladi.
Şuningdek, dasturda oilalarda soğlom ma'naviy muhitni yaratiş, maktabgaça ta'lim muassasalari tarmoğini rivojlantiriş singari vazifalar közda tutilgan. Eng muhimi – qizlar va ayollarning huquqlari inobatga olingan, ya'ni bölajak onalarning aqlan va jismonan soğlom bölib ösişlarini ta'minlaş, kollejni bitirayotgan qizlarni iş bilan ta'minlaş singari masalalar kötarilgan.

“Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturini işlab çiqiş va realizatsiya qiliş böyiça respublika komissiyasiga mamlakat boş vaziri Şavkat Mirziyoyev boşçilik qilmoqda.