AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp yana bir nomzod Xillari Klintonni yolğonçilikda aybladi. Tramp bu haqda NBC News telekanali efirida aytib ötdi.
Siyosatçi Klintonning “Trampning musulmonlarga mamlakatga kirişni taqiqlaş haqidagi taklifi IŞID terrorçilik guruhini tarğibot qilişga kömak beradi” deb aytgan sözlarini yolğon deb atadi. “U yolğonçi va buni hamma biladi. U buni yöq joydan öylab topdi”, deb aytdi Tramp. Trampning ta'kidlaşiça, Klintonning sözlarini isbotlovçi birorta dalil mavjud emas.
19 dekabrda Klinton Trampni tanqid qilib, “U IŞID uçun eng yaxşi yollovçiga aylanmoqda”, deb aytgandi uning musulmonlarga mamlakatga kirişni taqiqlaş haqidagi taklifini nazarda tutib.
7 dekabrda Tramp öz nutqi davomida AQŞga musulmonlarning kiritilişini “töliq taqiqlaş lozimligini” aytgandi. Trampning bu gaplari uning respublikaçi nomzodlar orasidagi yetakçiligini yanada mustahkamladi.






