FIFA prezidenti Yozef Blatter taşkilot axloq qömitasining uni 8 yilga futboldan çetlatganiga norozilik sifatida appelyatsiya bilan çiqadi. U bu haqida matbuot-anjumanida ma'lum qilgan.

Blatter diskvalifikatsiya borasida Lozannadagi sport arbitraj sudiga arz qilmoqçi. 

Eslatib ötamiz, oldinroq Platini hisobiga ötkazilgan pullar uçun FIFA axloq qömitasi Blatter va Platinini 90 kunga futboldan çetlatgan edi. Blatter va Platini söroq vaqtida 2 mln frank miqdoridagi tölovga kelişganini tan oldi. Platini 1999-2002 yillardagi işi uçun 2011 yilda iş haqini olgan.

Şveytsariya qonunçiligiga köra, işçi kelişuvga köra öz vazifasini bajarganidan söng 5 yil davomida maoşini olişi lozim hisoblanadi.

FIFAning yangi prezidenti uçun saylov 2016 yilning 26 fevral kuni bölib ötişi belgilangan.