“Özmetkombinat” AJ rahbariyati Italiyaning Danieli kompaniyasi vakillari bilan uçraşuvlar ötkazib, “Issiqlikda deformatsiya qilingan çoksiz pölat quvurlar işlab çiqarişni taşkil etiş” va “Pölat arqonlarni işlab çiqarişni taşkil etiş” loyihalarini muhokama qildi.

AJ investitsiyalar departamenti boşliği Narimon Umarovning ma'lum qilişiça, uçraşuv doirasida kompaniyalar mutaxassislari iştirokida texnik muhokama ötkazilib, unda yuqoridagi investitsion loyihalarning joriy konsepsiyasi körib çiqilgan hamda texnik masalalar muhokama qilingan.

“Uçraşuv yakunlariga köra texnik yiğinning yuqoridagi loyihalar realizatsiyasi böyiça hamkorlik borasidagi bayonnomasi imzolandi”, - ma'lum qildi amaldor.
Italiyaning Danieli kompaniyasi metallni qayta işlaş sanoati uçun qurilmalar yetkazib beriş böyiça dunyoda uçinçi örinni egallaydi. Kompaniya Italiya, Germaniya, Avstriya, Şvetsiya, Tailand, Xitoy, Hindiston va Rossiyada sakkizta zavodga ega.