Özbekiston va Eron aviahukumatlari reyslar sonini haftasiga 16taga qadar oşiriş haqidagi kelişuvga erişişdi. Bu haqda 12news.uz sayti xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, joriy özgarişlarni öz içiga olgan memorandum özbek delegatsiyasining Tehronga taşrifi yakunlariga köra imzolandi.

Bunga qadar esa Özbekiston va Eron aviakompaniyalari Toşkent va Tehron örtasida haftasiga ikki marotabagaça reys taşkil etiş huquqiga ega edi.
Yangi kelişuv Şeroz, Isfaxon, Maşhad, Samarqand va Buxoroga töğridan-töğri reyslar taşkil etişga imkon tuğdiradi.

Avvalroq Özbekiston milliy aviataşuvçisining Eronda öz vakolatxonasini oçişi mumkinligi töğrisida xabar qilingan edi. “Buning uçun Eronga nisbatan joriy etilgan barça xalqaro sanksiyalar bekor qilinişi kerak. Eron birinçi navbatda yuk taşiş nuqtai nazaridan qiziqiş bildirmoqda. Erondan sanksiyalar olib taşlanişi bilan bizning kompaniyamiz mazkur mamlakatda öz vakolatxonasini oçadi”, - deya qayd etdi “Özbekiston havo yöllari” boş direktori Valeriy Tyan.