Ötayotgan yilda Xitoyda ötgan yilning şu davriga nisbatan 226 foizga köproq, ya'ni 77 ming dona 3D-printerlar sotilgan. IDC kompaniyasi bergan hisobotda qayd qilinişiça, 2016 yilga kelib printerlarning savdosi hozirgiga nisbatan 207 foizga ösib, 160 ming dona qurilmani taşkil qiladi.

«Bu turdagi qurilmalarni sotiş böyiça kelgusi yilda Xitoy AQŞdan ötib ketadi, biroq narx borasida Qöşma ştatlari keyinçalik ham lider bölib qolaveradi», - deya qayd etib ötgan IDC tahlilçisi Mo Mini.

Uning sözlariga köra, Xitoy hozirça qimmat 3D-printerlarni sotib olişga tayyor emas. Şu boisdan uning narxi Xitoyda hozirça 5 ming dollardan oşmaydi. Şu sababdan yuqori texnologik modellar uçun AQŞ asosiy bozor bölib qolaveradi.

IDC hisobotida yozilişiça, 2020 yilga kelib 3D-printerlarning Xitoydagi savdosi yiliga 440 ming donani taşkil qilişi kutilmoqda. Bunda uning işlab çiqariş kuçini modernizatsiya qiliş zarur böladi.

Ma'lumot uçun, hozirgi kunda mazkur qurilma aerokosmik, tibbiyot va avtomobil sanoati uçun mahsulotlar işlab çiqarmoqda. Tez orada musiqa asboblari va kiyimlar işlab çiqariş ham yölga qöyilişi kutilmoqda.