2015 yil 23 dekabr Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Harbiy xizmatçilarni Qurolli Kuçlar rezerviga böşatiş töğrisida”gi qarorga imzo çekdi. Mazkur qaror matni Özbekiston Milliy axborot agentli saytida e'lon qilindi.
Qarorda keltirilişiça, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq çaqiriliş muddatini keçiktiriş huquqiga ega bölmagan Özbekiston Respublikasining çaqiruv yoşidagi fuqarolari 2016 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi.
Muddatli harbiy xizmatni ötaşga yaroqli hamda çaqiriliş muddatini keçiktiriş va çaqirilişdan ozod etiş huquqiga ega bölmagan, biroq uşbu çaqiruv mobaynida Qurolli Kuçlar safiga çaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik çaqiruvi rezerviga olinadi.
Şuningdek, muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini ötab bölgan harbiy xizmatçilar 2016 yilning mart-aprel oylarida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari rezerviga böşatiladi.






