FIFA prezidenti Yozef Blatter futboldan ketadi. Bu haqda uning özi 23 dekabr kuni The Wall Street Journal naşri orqali ma'lum qilgan.

"Men futboldagi faoliyatimni yakunlayman. Men 27 may kuniyoq taşkilotga bölgan işonçimni yöqotgandim. Öşa kunidan boşlab amerikaliklar taşkilot işiga aralaşa boşlagandi. Ular FIFAga mafiya taşkiloti sifatida qaray boşlaşdi.

Men va Platinining 8 yilga çetlatilişi butunlay asossiz qaror. Şveytsariya qonunçiligiga köra, qotillik amalga oşirgan yoki bankni ömarganlarga nisbatan şunday darajada qattiq jazo beriladi.

40 yildan ortiq vaqt davomida şu sohada işladim. Endi mening futboldagi qiladigan işlarim qolmadi", deydi 79 yoşli futbol funktsioneri.

Eslatib ötamiz, Blatter va Platini 8 yilga futboldan çetlatildi. Bundan taşqari, Blatter 50 ming, Platini esa 80 ming yevro miqdoridagi jarimaga tortilgan.

FIFAning yangi prezidentini aniqlaş uçun saylov 2016 yilning 26 fevral kunida bölib ötadi.

Ma'lumot uçun, Blatter birinçi marta 1998 yilda FIFA prezidenti bölgandi. Şundan söng 2002, 2007, 2011 va 2015 yillarda ham qayta saylangandi.

Blatter 2018 yilgi JÇ uçun biletlar sotilişida poraxörlikka qöl urgani gumon qilinmoqda

FIFA prezidenti Yozef Blatterga nisbatan jinoiy iş qözğatildi

Blatter FIFA prezidentligidan 90 kunga çetlaştirildi

Blatter: Meni heç qanday asossiz ayblaşdi

Blatter va Platini 8 yilga futboldan çetlatildi

Yozef Blatter CASga appelyatsiya beradi