«Lester» jamoasi hujumçisi Angliyaning boşqa bir jamoasi «Çelsi» safida paydo bölişi mumkin.

The Telegraph naşri xabariga köra, londonliklar jamoasi rahbariyati 28 yoşli bu futbolçini qişki transferlar vaqtidayoq 30 million funt evaziga xarid qiliş rejasini tuzişgan.

Naşrning yozişiça, «Lester» Vardidan voz keçmoqçi emas va u bilan bitimni yangilamoqçi.

Qayd etilişiça, bu futbolçiga «Çelsi»dan taşqari «Mançester Siti» ham qiziqmoqda. «Şaharliklar» özlarining asosiy hujumçisi Aguero yana bir bor jarohat olsa, Vardini transfer qiliş uçun jiddiy harakat boşlaşi aytilgan.

Joriy mavsumda Vardi APLning 17ta öyinida maydonga tuşib, 15ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.