"Çelsi" jamoasining qanot hujumçisi Pedro Rodriges Ispaniya çempionatiga qaytişi haqidagi xabarlarni rad etdi. 28 yoşli bu futbolçi özini Londonda baxtli his qilayotganini bildirgan.
"Men "Çelsi"da özimni baxtiyor sezmoqdaman. Mening jamoadan ketmoqçiligim haqidagi xabarlar yolğon. Muxlislar va jamoa ham öyinimdan norozi deb öylamayman. Albatta, biz hozirda turnir jadvalida yaxşi örinlarni egallab turganimiz yöq. Lekin butun jamoa bir bölib yuqorilaşga harakat qilamiz.
Xiddink juda tajribali mutaxassis. Jamoa ham unga işonadi. U "Sanderlend" bilan öyindan oldin men bilan biroz ispan tilida ham gaplaşdi va bu orqali menda ajoyib taassurot qoldirdi. Uning bu harakati va e'tibori men uçun juda muhim. U menga "Çelsi"da biz bilan birga ekanligidan xursandligini aytdi", deydi futbolçi Evening Standard naşriga.






