Şimoliy Koreya tomoni yarimoroldagi janub va şimol koreyslarini ajratib turgan devorni olib taşlaş taşabbusi bilan çiqqan. Bu haqda şimolliklarning elçixonasiga asoslangan holda "Interfaks" naşri xabar bergan.
Xabar qilinişiça, şimolliklar bu beton devorning olib taşlanişi "ikki millatning birlaştirilişi" jarayonini tezlaştiradi, deb hisoblaşadi.
"Bu Şimoli-şarqiy Osiyodagi iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini ta'minlaydi", deyilgan şimolliklar elçixonasi xabarida.
Bundan taşqari, Pxenyan KXDR va AQŞ örtasida tinçlik sulhi tuzilişiga çaqirgan.
Şu bilan birgalikda Şimoliy va Janubiy Koreya birlaşuvi GFR va GDRning birlaşişidan farqlanişi aytilgan.
Ma'lumot uçun, ikki davlat örtasida tösiq sifatidagi devor 1979 yilda qurib bitkazilgan. Uning uzunligi umumiy hisobda 240 kilometrni taşkil qiladi. Uni Pxanmunjom qişloği yaqinidagi yagona yöl orqali kesib ötiş mumkin.






