Saakaşvili korrupsiyaga qarşi kuraşda heç qanday muvaffaqiyatga erişmagan. Ukraina içki işlar vaziri Arsen Avakov “Ukrainskaya pravda” naşriga bergan intervyusida Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakaşvilining faoliyatiga izoh berdi.
Avakovning aytişiça, Saakaşvili uşbu lavozimga tayinlangandan beri korrupsiyaga qarşi kuraşda heç qanday muvaffaqiyatga erişmagan.
“Bu şikoyat qilişga örin qoldirmaydigan ayblov qöyiş huquqi va va'zxonlik qayerdan? Balki unga bu huquq uning faoliyatining katta amaliy natijasida berilgandir? Men Odessada uning yarim yillik faoliyati davomida korruptsionerlarning qabristoni yoki qölga tuşgan korruptsionerlar bilan tölib-toşgan qamoqxonalarni körmayapman.
Unga juda katta vakolatlar berilgan, heç qaysi gubernatorda bunçalik köp vakolat yöq”, deb aytdi Avakov. Avvalroq Avakov Saakaşvili tomonidan unga bildirilgan ayblovlar yuzasidan öz obrösi va şa'nini himoya qiliş yuzasidan uning ustidan sudga da'vo arizasi topşirganini aytdi.
23 dekabrda ötgan aksilkorruptsion forum davomida Mixail Saakaşvili Ukrainada partiyadan taşqari keng aksilkorruptsion harakat taşkil etilganini ma'lum qildi.






