"Lester" jamoasi boş murabbiyi öz boşqaruvidagi jamoani taniqli personaj Forrest Gampga tenglaştirdi. Ayni vaqtda, APLning 17 turidan keyin "tulkilar" turnir jadvalida birinçi örinni egallab turişibdi.

"Men jamoamga işonaman. Çunki, bu jamoa ötgan mavsumdayoq öz matonatini körsatib qöygandi.

Nega endi biz şunday ruhda davom eta olmasligimiz kerak ekan? Biz xuddi Forrest Gamp kabi harakat qilamiz. "Lester" - bu Forrest Gampning öziga öxşaydi. Biz işlaşimiz va işlaşimiz kerak. Biz öz kuçimizni töğri baholay olamiz, özimizning qanday bardoşli ekanimizni bilamiz. Bu futbolçilar istalgan çaqiriqqa javob bera olişadi.

Bizning öyin uslubimizmi? Öyinda töpni nazorat qiliş öta muhim. Ammo bu bizning muvaffaqiyatlarimizni ta'minlaydigan asosiy jihat emas. Biz öyinda töpni nazorat qilişga harakat qilişdan taşqari, futbolçilarning öta ahilligi evaziga yaxşi natijalar uçun intilamiz. Tan oliş kerakki, bizda "Arsenal" yoki "Mançester Siti"da bölganidek yuqori saviyali futbolçilar köp emas, lekin biz ular bilan tengma-teng kuraşişda davom etamiz. Har bir öyin biz uçun eng sönggisi kabi böladi", deydi italiyalik mutaxassis.

Qayd etiş kerakki, u mavsum davomidagi har bir ğalabali öyindan keyin jurnalistlarga intervyu beriş çoğida hali APLda jon saqlab qoliş uçun qança oçko töplaş kerakligi haqida gapirib, 40 oçko töplanguniga qadar mavsum yakuni böyiça va'dalar berişga erta ekanligini aytib, kamtarlik qilib kelardi.

Endilikda jamoa turnir jadvalida 38 oçko töplagan holda yetakçilik qilmoqda. "Lester" Boxing day haftasida "Liverpul", "Mançester Siti" va "Bornmut" jamoalarga qarşi öyinlar ötkazadi.