Tatariston muftiysi Komil Samiğullin Rossiyaning yangi boş muftiysi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti agentligi.
“Komil hazrat oliy muftiy etib tayinlandi va bu farmon Rossiya musulmonlar markaziy diniy boşqarmasi tomonidan tasdiqlandi”, - dedi ilgari bu lavozimni egallab turgan Talğat Tojuddin.
“Biz uni Rossiya musulmonlarining oliy muftiysi ölaroq qabul qilamiz. U fatvolar çiqariş, diniy öquv muassasalari uçun ta'lim dasturlarini tayyorlaş va ularni nazorat qiliş, adabiyotlarni naşr qiliş va ularda ekstremizm bor-yöqligini tekşiriş uçun mas'ul böladi”, — qöşimça qildi Tojuddin.
Tojuddinning özi bu lavozimda ketganidan söng musulmonlar markaziy diniy boşqarmasiga rahbarlik qiladi. Samiğullin ayni paytda Tatariston diniy boşqarmasi rahbari bölib ham qoladi.






