Rossiyaning «Zenit» klubi futbolçisi Xalk 2015 yil yakunlariga köra Rossiyaning eng yaxşi futbolçisi deb topildi.
«Futbol» haftanomasi tomonidan ötkazilgan sörovnomada jurnalistlar bergan ovozga köra, braziliyalik forvard jamoadoşi Artyom Dzyuba va «Spartak» yarimhimoyaçisi Kuinsi Promesni ortda qoldirdi.
2015 yilgi sörovnomada 310 nafar rus jurnalistlari iştirok etişdi. Ular 16ta jamoaning 54 nafar futbolçilariga ovoz berişgan. Xalk jami 652 oçko (195 jurnalist uni 1-öringa qöygan, 27 –2-örin, 13 –3-örin).
Artyom Dzyuba 357 oçko (55, 74, 44), Kuinsi Promes – 135 oçko (6, 41, 35) bilan 2-3 örinlarni band etişgan. Törtinçi örinni Oleg Şatov («Zenit»), beşinçi örinni esa Sergey Ignaşeviç (TsSKA) egallagan.






