Apple kompaniyasi Samsung korxonasidan patent böyiça tortişuvlar doirasida yana 180 mln dollar undirib olişni közlamoqda. Bu haqda The Verge naşri xabar tarqatdi.
Naşrda yozilişiça, aynan şunça miqdordagi summa amerikaliklar kompaniyasining Samsung tomonidan çiqarilgan beşta qurilmadan körgan zarari miqdorini taşkil qiladi. 2012 yilda Janubiy Koreya ilk marta Apple`ning patent huquqini buzganini tan olgandi. Dekabrda Samsung 548,2 mln dollar miqdorida tovon puli tölagan.
Apple kompaniyasi aynan qaysi qurilmalar böyiça norozilik bildirgani xabar qilinmagan. Sudning asosiy hujjatlari omma uçun yopiq holda olib borilmoqda.






