Belarusning Baranoviçi şahrida taksiçi öz hamşişasining ölganini uni dam olayotibdi, deb öylab 3 kun bilmagan, deb xabar bermoqda “Naşa niva” naşri.

Ikki erkak ketini uzmay aroqxörlik qilişga qaror qilib, 17 şişa aroq sotib olgan, deb xabar bermoqda tergov qömitasining Brest viloyati boşqarmasi matbuot xizmati.  

Ölgan erkakning rafiqasi erining yöqligidan xavotirlanib militsiyaga murojaat qilgandan keyin militsiya xodimlari taksiçining kvartirasiga borgan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari kvartiraga kirganlarida taksiçi hamşişasi “uxlayotgani” sababli uni uyğotmasliklarini iltimos qilgan.

Ayni paytda voqeani tekşiriş işlari olib borilmoqda.