24 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin yirik biznes vakillari bilan yillik uçraşuv ötkazdi. U kompaniyalarning inqiroz paytidagi strategiyalari tahsinga sazovor bölganini qayd etib, nazorat organlarini tartibga solişga va'da berdi.

Tadbirda 50ga yaqin tijoratçilar va davlat kompaniyalari rahbarlari taşrif buyurdi. Ular orasida Vladimir Potanin, Oleg Deripaska, Viktor Vekselberg singari biznesmenlar, davlat korxonalaridan esa “Gazprom” rahbari Aleksey Miller, “Rosneft” rahbari Igor Seçinlar bor edi. Şuningdek, “Kasperskiy laboratoriyasi” boş direktori Yevgeniy Kasperskiy hamda “Gruppa “Ilim” direktorlar kengaşi raisi Zaxar Smuşkinlar ham tadbirda iştirok etdi.

Uçraşuv Moskva vaqti bilan soat 18:00ga möljallangan edi, lekin Putin yana biznesmenlarni kutişga majbur qildi: Hindiston delegatsiyasi bilan uçraşuvda ikki soatga uşlanib qoldi.

Putin Yangi yil bilan barça iştirokçilarni tabrikladi, söng mamlakat iqtisodiyotidagi qiyinçiliklar haqida gapirdi. Davlat rahbari yirik biznes vakillari mas'uliyatni his qilgan holda harakat qilayotganini ta'kidlab ötdi hamda ularga minnatdorçilik bildirdi.