Fransiyaning sut mahsulotlarini işlab çiqaruvçi Danone kompaniyasi Rossiyadagi ikkita zavodini yopmoqda. Bu haqda “Izvestiya” kompaniyadagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.

Naşr ma'lumotlariga köra, Fransiya kompaniyasi Rossiyaning Tomsk va Çeboksardagi işlab çiqariş nuqtalari faoliyatini töxtatadi.
Kompaniya xabarida keltirilişiça, qayta taşkil etiş işlari Tomsk sut kombinatining yopilişiga sabab bölmoqda.

Kelgusida Kemerovo, Krasnoyarsk va Çeboksardagi işlab çiqariş kuçlari konsolidatsiya (birlaşiş) qilinib, Samara, Saransk va Qozondagi korxonalarga bosqiçma-bosqiç ötkazaladi. 

Ta'kidlanişiça, biznesning yangidan taşkil etilişi işlab çiqariş hajmiga ta'sir körsatmaydi. Biznesning qayta taşkil etilişiga esa zavod texnologiyalarining eskirgani, kam rentabelligi va Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz sababli savdo hajmining pastlagani sabab sifatida keltirilgan.