GizmoChina sayti özining manbasiga asoslangan holda smartfon uçun ğiloflar işlab çiqaruvçi kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan Samsung Galaxy S7 suratlarini namoyiş qildi.

Suratlarda smartfon ğilof içida joylaşgan holatda bölsa ham, bu uning taxminiy körinişini tuşuniş imkonini berdi. Uning ovoz baland-pastligini sozlovçi tugmasi korpusning çap, bloklovçi tugma esa öng tomonda joylaşgan. Quvvatlaş uçun port, quloqçin uçun raz'yem hamda dinamik korpusning quyi qismida joylaşgan.

Suratda smartfonning turli xil diagonaldagi versiyalari uçun ğiloflar taqdim etilgan. Bu Samsung Galaxy S7 bilan birgalikda Samsung Galaxy S7 Plus versiyasi ham taqdim etilişini bildiradi.

Avvalroq Samsung Galaxy S7 2016 yilning fevral oyida taqdim etilişi ma'lum qilingan edi.