Mendeleyev davriy jadvalidagi yangi 113-element yaponiy deb nomlanadigan böldi. Ayni paytda yangi elementning qanday nomlanişi böyiça Amerika, Rossiya va Yaponiya olimlari jamoalari bahs olib bormoqda. Bu haqda Sputnik agentligi xabar berdi.

Ayni paytda 113-kimyoviy elementning ixtiro qilinişiga oid mualliflik huquqini ikki guruh: Rossiya-Amerika va yapon olimlari guruhi kuraş olib bormoqda. Birinçi guruhning ma'lum qilişiça, element sintezi 2003 yilda Dubnadagi Birlaşgan yadro tadqiqotlari institutida ötkazilgan izlanişlarda amalga oşganini ma'lum qilgan.

Yaponiya Tabiiy fanlar institutida faoliyat körsatayotgan ikkinçi jamoa esa öz ma'lumotlarini 2004, 2005 va 2012 yillarda qölga kiritganini ta'kidlaşmoqda.

Kaşfiyot va nomlaniş töğrisidagi qaror Xalqaro nazariy va amaliy kimyo kengaşi tomonidan qabul qilinadi.

Ma'lumotlarga köra, yapon olimlari 113-moddani rux va vismut yadrolarini töqnaştiriş orqali olgan bölsa, rus-amerika jamoasi 115-moddani sintez qiliş yöli bilan olişgan.

Yakuniy qaror esa 2016 yilning yanvar oyida Xalqaro nazariy va amaliy kimyo kengaşi yiğilişidan söng ma'lum böladi.

Tabiatda, qoidaga binoan, atom raqami (yadrodagi protonlar soni) 92dan oşmagan (uran) moddalar kuzatiladi. 93dan 100tagaça proton bölgan elementlar reaktorlarda, 100tadan yuqorisi tezlatkiçlarda olinadi.