Mehribonlik va Muruvvat uylari öğil-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari” tarbiyalanuvçilari, ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun Prezident sovğalari tayyorlanib, joylarga yetkazilmoqda.

ÖzA xabariga köra, sovğalar 29 dekabrdan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va barça viloyatlarda taşkil etiladigan “Prezident arçasi” tadbirlarida kiçkintoylarga tantanali ravişda topşiriladi.

Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, “Sen yolg'iz emassan” respublika bolalar jamoatçilik jamğarmasi tomonidan bir qator taşkilotlar hamkorligida uşbu bayramni yuksak saviyada ötkaziş maqsadida bolajonlar uçun turli-tuman, ajoyib tuhfalar tayyorlandi.

Ayni kunlarda mas'ul taşkilotlar tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlarga Prezidentimizning bolajonlarga atalgan Yangi yil sovğalarini yetkaziş işlari boşlab yuborilgan.