Bugungi davr nafaqat taraqqiyotning, ilm-fanning jadal rivojlanişi bilan, balki jahonni larzaga solayotgan turli xil global muammolar bilan ham keçmoqda. Ana şunday dunyoviy muammolardan biri terrorizmdir. Terrorizmning xalqaro miqyosda tobora tus olayotgani, uning tub ildizi qirqilişi örniga, aksinça keng quloç yozayotgani natijasida minglab begunoh insonlarning hayotiga zomin bölmoqda.

Bugungi kunda terrorizm balosidan aziyat çekmagan davlat deyarli qolmadi. Kişini taşvişga soladigani esa köplab davlatlar birgalikda bir neça yillardan buyon mazkur illatga qarşi ayovsiz kuraş olib borayotgan bölsa-da, bu kuraşning ijobiy natijasi körinmayotganidir. Buning sababi nimada? Sabablar bisyor, mening nazarimda. Terrorçilarga qarşi kuraşda dunyoviy yakdillikning yöqligi, ikkiyoqlama nazar bilan qaraş, ayrim davlatlarning öz siyosiy va iqtisodiy manfaatlariga erişiş uçun terrorçilar qölidan foydalanişlari…

Demokratiya örnatilişi közda tutilgan mamlakatlarga nazar solaylik. Iroq, Suriya, Liviya, Yaman… Bu davlatlarda vaziyat qançalik çigal va murakkabligini hammamiz körib turibmiz. Afğonistonni-ku gapirmasa ham böladi. Deyarli qirq yildan buyon bu mintaqada turli jinoiy uyuşmalar in qurib olgan va ajablanarlisi, ularga qarşi kuraş heç qanday samara bermayapti. Xöş, önlab yillardan buyon eng rivojlangan mamlakatlardan iborat koalitsiyaning terrorçilarga qarşi kuraşi nega samarasiz bölyapti? Nima uçun insonlarni şafqatsizlarça qatl qilayotgan, tarixiy-madaniy obidalarni vahşiylarça yöq qilayotgan jinoyatçilarni töxtatiş heç kimning qölidan kelmayapti? Balki ularning mavjudligi kimlarningdir manfaatlariga mos kelar? “Duşmanimning duşmani mening döstim” matali ayrim mamlakatlar uçun şiorga aylangandek göyo.

Şu yilning 31 oktabrida Misr osmonida Rossiyaga qaraşli A 321 yölovçi samolyoti halokatga uçraşi oqibatida 224 nafar inson (ularning orasida 25 nafar bola ham bor edi) halok böldi. Samolyot halokatiga uning bortiga bomba qöyilganligi sabab bölgan deb baholandi. Nazarimda, dunyo hamjamiyati tomonidan bu halokatga yetarli darajada e'tibor qaratilmadi, şunçaki sukut saqlab qöya qolindi, xolos. Parijda naşr etiladigan “Şarli Ebdo” jurnali esa halokatga bağişlab karikaturalar çop etdi. Nahotki, insonlarning halokati kimlar uçundir mazax manbai, daromad topiş manbai bölsa. Çuqqurroq nazar taşlasak, aynan uşbu jurnalda islom dini mazax qilingan karikaturalar çop etilgani bois şu yil boşida jurnal tahririyatiga hujum uyuştirilgan va jurnalning ön nafar xodimi halok bölgandi. Öşanda Parijda terrorizmni qoralab Respublika marşi ötkazilgan, butun dunyoda jurnalni qöllab-quvvatlab, ularga hamdardlik bildirib “Men Şarli Ebdoman” şiori ostida aksiyalar bölib ötgandi. Rossiya samolyoti halokati mazax qilinganidan köp vaqt ötmay, 13 noyabr kuni xuddi öşa Parijda bir guruh şaxslar terrorçilik harakatlarini amalga oşirişdi. Fojiada 130 nafar inson qurbon böldi, yuzlab kişilar jarohat oldi. Yana butun dunyo oyoqqa turib, terrorçilarni qoralaşga, ularga qarşi kuraşni kuçaytiriş kerakligini ta'kidlaşga tuşdi. Bu ikki yoqlama nazar degani emasmi? Kimningdir fojiasiga befarq qaralsa, yana kimningdir boşiga xuddi öşanday mudhiş iş tuşsa, yoppasiga unga hamdardlik bildirişsa. Ular göyoki qöşnisining uyiga öt ketsa, bir çetda qöl qovuştirib tomoşa qilib turadigan insonlarga öxşaydi. Olov özining uyiga ötganidagina uni öçirişga tuşib şoşib qolişadi.