Kolorado universiteti tadqiqotçilari ma'lumotlarni elektr yordamida emas, yoruğlik vositasida uzatadigan birinçi protsessorni yaratganlari haqida axborot tarqatişdi. Bu haqdagi ma'lumot Engadget.com saytida çop etildi.

Protsessorning qurilişi butunlay fotonli emas, lekin uning 850 optik unsuri oddiy elektrik çiplarga nisbatan ötkaziş qobiliyatini mislsiz darajada oşirib yuboradi. Uskuna 1 kv mm maydonda sekundiga 300 Gb ma'lumot ötkazadi; bu oddiy körsatkiçlardan 10-50 barobar tezroqdir.

Ikki yadroli protsessorning ölçovi bor-yöği 3ga 6 mm. Yangi kaşfiyot EHM bozorida tub yangilik yasaşi mumkinligi aytilmoqda. Uning asosida ulkan hajmdagi ma'lumotlarni qayta işlovçi server maşinalarini yaratiş mumkin böladi. Şuningdek, işlanmaning optimizatsiya imkoniyatlari çeklanmagan.