Özbekistonlik hakam Ravşan Ermatov "Globe Soccer Award" naşri tomonidan 2015 yilda jahonning eng yaxşi referisi deb topildi.

Marosimning taqdirlaş marosimi 27 dekabr kuni BAAda bölib ötdi va unda Ermatov iştirok etdi.

Globe Soccer Awards talqini böyiça 2015 yilning eng yaxşi hakami böliş uçun quyidagi referilar da'vogarlik qilgandi: Juneyt Çaqir, Ravşan Ermatov, Vilmar Roldan, Xoel Agilyar, Bakari Papa Gassama, Norbert Xauata. 

Taşkilotçilar yakunda aynan Ravşan Ermatovni ötayotgan yilning eng yaxşi hakami deb e'lon qilişdi. Osiyoning beş karra eng yaxşi hakami bölgan Ermatov 2015 yil Osiyo çempionlar ligasi final uçraşuvida işladi. 

Quyida barça sovrindorlar bilan tanişib oliş mumkin: 

Eng yaxşi akademiya - "Benfika"
Eng yaxşi hakam - Ravşan Ermatov
Eng yaxşi Fors körfazidagi futbolçi - Yosir Al Şahroni (Saudiya Arabistoni)
Eng yaxşi futbol agenti - Jorjye Mendeş
Eng yaxşi faoliyat uçun 1 - Andrea Pirlo
Eng yaxşi faoliyat uçun 2 - Frenk Lempard
Eng yaxşi murabbiy - Mark Vilmots (Belgiya MTJ)
Eng yaxşi matbuot xizmati - "Barselona"
Eng yaxşi klub - "Barselona"
Eng yaxşi prezident - Xosep Maria Bartomeu ("Barselona FK")
Eng yaxşi futbolçi - Lionel Messi ("Barselona")