Bugun, 29 dekabrdan boşlab Özbekistonning barça hududlaridagi madaniyat va san'at saroylari qarşisida “Prezident arçasi” bayram tadbirlari boşlanadi. Mazkur tantanalarga birinçi navbatda “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylari, “SOS – bolalar mahallasi” tarbiyalanuvçilari, şuningdek, ota-ona mehridan mahrum bolalar taklif etiladi.

Tantanali marosimni yuqori darajada taşkil etiş uçun Xalq ta'limi vazirligi, «Sen yolg'iz emassan» Respublika jamoat bolalar fondi va boşqa bir qator taşkilotlar bilan hamkorlikda bolalar uçun turli xil sovğa-salomlar tayyorlandi.

Mas'ul taşkilotlar Prezident sovğalarini Qoraqalpoğiston Respublikasi va Özbekistonning barça hududlariga yetkaziş böyiça zarur işlarni amalga oşirişdi.