Millionerlar, ayrim mansabdorlar va direktorlarning kekkayişi, oddiy odamlar yaşay olmaydigan haşamat bilan öz hayotlarini burkaşiga örganib qolganmiz. Lekin bu qolipga mos kelmaydigan, kamtarin rahbarlar va boyvaççalar ham borki, ularning bunday turmuş tarzi bir qaraşda ğalati tuyuladi.

Ularning turmuş tarzi va fe'l-atvori bu hayotda ijtimoiy mavqe, pul va mansab köp narsani hal qilmasligini yaqqol körsatadi.

1. Şvetsiya malikasi Madlen. Itining ketidan çiqindilarni yiğiştirib olmoqda.

2. Urugvay prezidenti Xose Kordano dunyodagi eng kambağal prezidentdir. Mahalliy aholi uni El Pepe deb ataydi. U prezidentlikdan oladigan butun daromadini xayriya işlariga ehson qiladi. U oyiga 263 ming Urugvay pesosi (7 ming dollar atrofida) işlab topadi. Öziga esa bu pullarning 10 foizini qoldiradi.

Xose Kordano fermadagi uyida yaşaydi. Özi quduqdan suv taşiydi. Eng qimmat xaridi – 1987 yilning “Folksvagen”idir. Uning bankda hisoblari ham, qarzlari ham yöq.

Uşbu suratda esa uning poliklinikada navbatda ötirganini köriş mumkin.

3. London hokimi Boris Jonson norasmiy kiyimda yurişdan uyalmaydi, velosipedda işga qatnaydi. U Britaniyada velosiped harakatini rivojlantirişning asosiy tarafdorlaridan biri hisoblanadi.

4. Islandiya poytaxti Reykyavikning sobiq hokimi Yon Gnarr oliy ma'lumotga ega emas, muqaddam komediya aktyori va kirakaş bölib işlagan. 2010 yilda u öz partiyasini yaratib, uni “Eng yaxşi partiya” deb atadi. Partiya tarkibiga asosan ijodkorlar kirdi: komiklar, musiqaçilar, rassomlar. Ularning heç qaysi biri ilgari siyosat bilan şuğullanmagan. Şahar ahli aynan şu partiyani tanlab, unga 34.7 foiz ovoz berdi, natijada Yon Gnarr şahar hokimiga aylandi.

5. Nyu-Yorkning sobiq hokimi Maykl Blumberg dunyoning eng boy insonlari röyxatida 13-örinda turadi. Hokimlik çoğida u muntazam metroda yurar edi. Rasmda uning iş joyi aks etgan.