2013 yilgi Ukraina voqealaridan buyon birinçi marta Rossiya matbuoti va boşqa axborot kanallari orqali Kiyev asosiy duşman sifatida körsatilmayapti. “Medialogiya” kompaniyasining hisob-kitoblariga qaraganda, 2015 yil oxirida uning örnini Turkiya egalladi.
Bundan taşqari, hisobot davrida OAV va bloglar AQŞ va IŞIDni duşman sifatida tasvirlaşgan.
2015 yilning 9 oyi mobaynida “duşmanlar” reytingida birinçilikni Ukraina heç kimga bermay keldi, uning ortidan AQŞ bordi. Har ikkala davlatga nisbatan duşmanlik kayfiyati sekin-asta tuşib bordi.
Yil boşida Ukraina hukumati odatda “xunta” deb atalgan bölsa, yil oxiriga kelib bu atama deyarli unutildi. Yil boşida OAVda Ukraina-duşman 2.5 ming marta, bloglarda 1.3 ming marta tilga olindi; yil oxiriga kelib bu körsatkiçlar 1.5 ming va bir neça yuzga tuşib ketdi.
Şuningdek, Ukraina hukumatini “noqonuniy” deb, ukrainaliklarni esa “banderaçilar”, “faşistlar” deb ataş holatlari oydan oyga tuşib borgan.
Ukrainaga nisbatan salbiy ritorika 2014 yil oxirida prezidentlikka Pyotr Poroşenko saylanişi bilan, AQŞga nisbatan salbiy fikrlar esa davlat kotibi Jon Kerrining may oyidagi taşrifidan söng tuşib, kamayib bordi.
Lekin 2015 yilning oxirgi çoragida “duşmanlar” röyxati keskin özgardi: birinçi örinlarga dastlab IŞID, söng Turkiya çiqib oldi. Rossiya 30 sentabrda Suriyada harbiy operatsiya boşlaşi bilan IŞID köproq asosiy duşman sifatida tilga olina boşlandi. “Duşman” sözi IŞIDga nisbatan operatsiyaning dastlabki ikki haftasida 40 martaça qöllangan. Şu bilan bir paytning özida AQŞ endilikda Rossiya matbuotida IŞIDning homiysi va ittifoqçisi deb atala boşlangan.
24 noyabrda Turkiya harbiy kuçlari Su-24 samolyotini urib tuşirişi bilan duşmanlik reytingida şubhasiz birinçi poğonani Anqara zabt etdi. Har haftada “Turkiya” va “terrorçilik” sözlari örtaça 150 marta yonma-yon kelgan. Körsatilgan sanadan söng Rossiya televideniyesi “IŞID homiysi” şablonini endi Turkiyaga nisbatan qöllay boşlagan.






