2015 yilda özbek fani va madaniyati bir neçta arboblaridan ayrildi. Ziyouz.uz sayti ulardan ayrimlarini xotirlab ötdi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (1952-2015)
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1952 yil 15 aprel kuni Andijon viloyatida tuğilganlar. Örta maktabni tugatgaç, Buxoro şahridagi «Mir Arab» madrasasida, söngra Toşkentdagi imom Buxoriy nomli Islom oliy ma'hadida tahsilni davom ettirdilar. Oliy ma'hadni bitirişlari bilanoq «Sovet şarqi musulmonlari» jurnalida işladilar. Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy idorasi Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarini çet elga, ya'ni Liviya Arab Respublikasining Tripoli şahridagi Islomiy da'vat fakultetiga öqişga yubordi. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari mazkur fakultetni 1980-melodiy sanada imtiyozli tamomlab, yurtga qaytdilar. Söngra şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy idorasining taşqi aloqalar bölimida işlab, ayni paytda Oliy ma'hadda dars berdilar. Keyin mazkur ma'hadda mudir noibi, söngra mudir lavozimlarida işladilar. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari diniy idoraning 1989 yilda bölib ötgan Umumiy qurultoyida Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari Diniy idorasi muftiysi lavozimiga tayinlandilar. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari mustaqil Özbekiston Respublikasining birinçi muftiysi böldilar. Şu yili şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari sobiq sovet Oliy kengaşiga deputat etib saylandilar. Şayx hazratlari sobiq sovet ittifoqi prezidenti Mixail Gorbaçyov hamda Oliy kengaşga sobiq sovet ittifoqi musulmonlarining hayoti ifoda etilgan bayonnoma taqdim etdilar. Bayonnomada musulmonlarning haq-huquqlarini hurmatlaş, ularning huquqlarini qaytariş masalalari kötarilgan edi. Şayx hazratlarining Gorbaçyov bilan bevosita muloqotlaridan söng kommunistik tuzumning musulmonlarga nisbatan siyosatida ijobiy özgarişlar sezila boşlandi. Şayx hazratlarining sa'y-harakatlari bilan sobiq ittifoqda köplab masjidlar va madrasalar oçila boşlandi, musulmonlarga öz diniy urf-odatlarini, marosimlarni ado etişga ruxsat berila boşlandi. Şayx hazratlarining köplab talablariga binoan, Gorbaçyov sobiq ittifoqdan haj safariga boradigan musulmonlarning soni keskin oşiriş haqida qaror qabul qildi. Bundan taşqari, ana şu davrda şayx hazratlari musulmonlarning taqdirini hal qiluvçi katta miqyosdagi işlarni ham amalga oşirdilar. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari sovet delegatsiyasi a'zoligida bir neça davlatlarga safar qildilar. Prezident Gorbaçyovning taklifi bilan afğon mujohidlarining Peşovardagi vaqtinça qarorgohiga borib, afğoniy jihod qömondonlari bilan muzokaralar olib bordilar. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari öz sa'y-harakatlarini sobiq ittifoq musulmonlarining diniy huquqlari, diniy ta'lim va madaniyatini tiklaş yölidagi tösiqlarni olib taşlaşga yönaltirgan edilar.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari sönggi yillarda ilmiy va da'vatga hamda diniy madaniyatni oşirişdagi faoliyatlarga özlarini bağişlaganlar.
Şayx hazratlari Makkai Mukarramadagi «Butun Dunyo Islom Robitasi»ning ta'sis majlisi, Butun dunyo tasavvuf uyuşmasi, Butun dunyo Islomiy xalqlari boşqaruvining boş kotibiyati, Butun dunyo da'vat uyuşmasi, Butun dunyo Ulamolari kengaşi uyuşmasi, Islomobod şahridagi Butun dunyo Islom uyuşmasi, Makkai Mukarramadagi Butun dunyo mufakkir ulamolari yiğinining ijroiya qömitasi, Butun dunyo masjidlar uyuşmasi, Iordaniyadagi Oli Bayt mussasasiga qaraşli Islomiy fikrlar akademiyasi a'zosi edilar.
Şuningdek, şayx hazratlari Misr Arab Respublikasi, Libiya Jamohiriyyasi va Rossiya federatsiyalari kabi qator davlatlarning faxriy unvon va mukofotlari bilan taqdirlanganlar.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 6 juzli “Tafsiri Hilol”, 39 juzli “Hadis va Hayot”, 5 juzli “Xislatli hikmatlar şarhi”, 3 juzli “Kifoya şarhi muxtasari viqoya”, 3 juzli “Ruhiy tarbiya”, 4 juzli “Şarhi adabul mufrad”, 2 juzli “Yaxşilik va silai rahm kitobi”, “Iymon”, “Vasatiyya — hayot yöli”, “Tasavvuf haqida tasavvur”, “Ixtiloflar haqida”, “Din nasihatdir”, “Şoyadki taqvodor bölsak”, “Poklik iymondandir”, “Haj ibodati”, “Islomda inson huquqlari”, “Islomda oila”, “Tarix omonatdir”, “Jamiyat köksiga urilgan xanjar”, “Islom musaffoligi yölida”, “Islom ma'naviy jinoyatlarga qarşi”, “Ramazonni qanday qarşilaymiz”, “Islom va atrof muhit muhofazasi”, “Sunniy aqiydalar”, “Usulul fiqh”, “Aqoid ilmi”, “Samarqandlik ulamolar”, “Bozor”, “Isrof”, “Oçiq xat”, “Zuhd va hayo” kabi 100 dan ortiq kitoblar va internet sahifalar muallifi edilar. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 2015 yil 10 mart kuni Toşkent şahrida vafot etdilar. Toşkent şahridagi "Şayx Zayniddin" "Şayx Zayniddin buva" (Kökça) qabristoniga dafn etildilar.
Akademik Zokirjon Calimov (1940-2015)
Zokirjon Salimov 1940 yili işçi oilasida tuğilgan. 1962 yili Toşkent politexnika instituti (hozirgi Toşkent davlat texnika universiteti)ni tugatib, mazkur oliy öquv yurtida aspiranturada tahsil olgan. 1967 yilda nomzodlik, 1976 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1987 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a'zosi etib saylangan. Iste'dodli olim özining qariyb 50 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Toşkent politexnika instituti katta öqituvçisi, dotsenti, professori, kafedra mudiri, Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari, Özbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Kimyo instituti direktori, Umumiy va noorganik kimyo instituti rahbari kabi mas'ul lavozimlarda samarali mehnat qilgan va yurtimizda kimyo-texnologiya sohasidagi dolzarb ilmiy masalalarni tadqiq etiş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş işiga munosib hissa qöşgan. Zokirjon Salimovning kimyoviy texnologiya jarayonlari va qurilmalari sohasining nazariy va amaliy masalalariga bağişlangan darslik va öquv qöllanmalari, köplab maqola va risolalari ilmiy jamoatçilikka yaxşi ma'lum. Ayniqsa, uning rahbarligida yaratilgan neft-gaz kondensati aralaşmalarini suvsiz haydaş texnologiyasi hozirgi kunda mamlakatimiz neftni qayta işlaş zavodlarida samarali qöllanayotganini ta'kidlaş joiz.
Akademik Abatbay Dauletov (1942-2015)
Abatbay Dauletov 1942 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasining Kegeyli tumanida tuğilgan. 1964 yilda Qoraqalpoğiston davlat pedagogika institutini tugatib, şu dargohda öqituvçi bölib iş boşlagan. Söngra Leningrad davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan. 1972 yilda nomzodlik, 1992 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1995 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a'zosi etib saylangan. Jonkuyar va fidoyi olim özining 50 yillik ilmiy faoliyati davomida Qoraqalpoq davlat universitetida dotsent, kafedra mudiri, fakultet dekani, professor lavozimlarida işladi. Qoraqalpoq tilşunosligiga oid dolzarb masalalarni tadqiq etiş, ilm-fanning mazkur yönalişida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş işiga munosib hissa qöşdi. Uning qoraqalpoq tilining nazariy va amaliy masalalariga bağişlab yozgan önlab monografiya, maqola va risolalari, ilmiy anjumanlar, ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlari keng jamoatçilikka yaxşi ma'lum.
Tarixçi-professor Hamid Ziyoyev (1923-2015)
Hamid Ziyoyev 1923 yili Toşkent şahrida tuğilgan. Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori, professor (1968), Toşkent pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan (1946). Özbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti ilmiy xodimi (1950—63), yangi tarix şö'basi mudiri (1964—65), ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari (1965—85). 1996 y.dan Özbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida yetakçi ilmiy xodim. Hamid Ziyoyevning ilmiy işlari Örta Osiyo, Rossiya va Şarqiy Turkiston tarixi, 14—20-asrlardagi Özbekiston tarixini örganişga oid. Hamid Ziyoyev Turkiston mustamlaka davri tarixi muammolari bilan boğliq tadqiqotlar olib borgan.
“Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarşi kuraş (18—20-asr boşlari)” (1998), “Istiqlol ma'naviyat negizi” (1999), “Tarix — ötmiş va kelajak” (2000), “Özbekiston mustaqilligi uçun kuraşlarning tarixi” (2001) kabi kitoblari çop etilgan.
«Jasorat» medali bilan mukofotlangan (1994).
Tarixçi-professor Goga Hidoyatov (1930-2015)
Tarixçi, tarix fanlari doktori, professor, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi Goga Abroroviç Hidoyatov 1930 yilning 9 may kuni Toşkent şahrida maşhur drama aktyorlari Abror Hidoyatov va Sora Eşontörayevalarning oilasida dunyoga kelgan. M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida öqigan. 1958 yildan boşlab turli ilmiy muassasalarda faoliyat yuritib keldi. Öz ilmiy faoliyatini ÖzSSR FA Şarqşunoslik institutida katta ilmiy xodim sifatida boşladi; 1994-1999 yillarda Özbekiston jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori böldi. 2005 yili pensiyaga çiqdi, lekin ilmiy faoliyatini töxtatib qöymadi va umrining oxiriga qadar yozişda davom ettirdi. 15ta monografiya, 100dan ortiq ilmiy maqolalar, jahonning yangi tarixi böyiça qator darsliklar muallifi. Edvard Ollvortning The Modern Uzbeks (Zamonaviy özbeklar) kitobining alohida boblarini ingliz tilidan tarjima qildi. “Tyurkskaya sivilizatsiya” (Turk sivilizatsiyasi) kitobi ustida işladi va uni yakunlaşga ulgurdi.
Sobiq Boş Vazir Ötkir Sultonov (1939-2015)
Ötkir Sultonov 1939 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Tomsk politexnika institutini tamomlagan. 1995-2003 yillarda Özbekiston hukumatini boşqargan, ungaça Taşqi iqtisodiy aloqalar vaziri va boş vazir örinbosari sifatida faoliyat körsatgandi. 2003-2006 yillarda u yana Özbekiston boş vaziri örinbosari sifatida işlagan, 2006 yildan 2011 yilgaça Çkalov nomli Toşkent aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasi (GAO «TAPOiÇ») boş direktori sifatida işlagan.
Özbekiston xalq şoiri Husniddin Şaripov (1933-2015)
Husniddin Şaripov (1933.10.2, Pop şahri - 2015) - Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi (1983), Özbekiston xalq şoiri (2012). Toşkent qişloq xöjalik institutining örmon-melioratsiya fakultetini tugatgan (1949—54). «Namangan haqiqati» gazetasida adabiy xodim va mas'ul kotib (1956—60), «Özbekiston madaniyati» gazetasida adabiy kotib (1960-62), «Şarq yulduzi» jurnalida bölim mudiri (1962-69; 1976-77; 1982-83), Yozuvçilar uyuşmasida adabiy maslahatçi (1984—93) bölib işlagan. Dastlabki töplami — «Nihol» (1956). Husniddin Şaripov «Köngil buyurgani» (1961), «Quyoşga oşiqman» (1963), «Tuproqqa qasida», «Yerning qalbi» (1965), «Men sizga aytsam» (1968), «Lirika» (1970), «Hayajonli daqiqalar» (1980), «Oh, gözal» (1981), «Xirmon» (1985), «Yana visol» (1987), «Yor istab» (1992) singari şe'riy kitoblar hamda «Döstim Tojiddin» (2001) nomli voqeiy qissa muallifi. Husniddin Şaripovning şe'riy ijodida onazaminga çeksiz muhabbat, öz mehnati va bunyodkorlik faoliyati bilan mamlakatning gullab-yaşnaşi yölida ter tökayotgan zamondoşlarga hurmat, yuksak insoniy qadriyatlarga sadoqat tuyğulari tasviri ustuvorlik qiladi. Husniddin Şaripovning şe'riy ijodida dostonnavislik muhim örinni egallaydi. U, ayniqsa, 60—70-yillarda doston janrida samarali ijod qilib, şu davr özbek dostonnavisligi taraqqiyot tamoyillarini belgilab bergan: «Quyoşga oşiqman» (1961), «Boğ köça bolalari» (1962), «Tanovar» (1965), «Sotvoldidan salom» (1968), «Qilmiş-qidirmiş» (1976), «Insof diyori» (1979), «Qaltis yuriş» (1999) va b. Ilmiy-texnik taraqqiyot davrining ma'naviy muammolariga bağişlangan «Bir savol» (1972) şe'riy romani ham bor. Husniddin Şaripovning «Seni sevaman» (1958), «Ota öğli» (1964), «Afsona» (1975), «Çollar va kampirlar» (1979), «Karvon bexatar bölmas» (1986), «Yor istab» (1993) singari pesalari respublikamizdagi musiqali drama teatrlarida sahnalaştirilgan. Bir qança şe'rlari qöşiq bölgan. Jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan. «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2000). Yozuvçi Jonrid Abdullaxonov (1929-2015) Jonrid Abdullaxonov 1929 yili Namanganda tuğilgan. Toşkent Davlat universitetining jurnalistika fakulteti, Moskva Oliy Adabiyot kursini tugatgan.
Uning «Maktabdoşlarim» (1952) nomli birinçi şe'riy töplami, «Hikoyalar» (1956), «Töyga kelinglar» (1960), «Tong yorişgan sohilda» (1962) kabi hikoyalar töplamlari, «Gulçehra» (1962) qissasi, «Yöl» (1964) romani çop etilgan. Şundan söng muallifning ketma-ket «Borsa kelmas» (I — II kitob, 1978—1980), «Xonadon», «Suiqasd» (1991) kabi romanlari çop etiladi. «Borsa-kelmas» romanida Orol muammosi, ona tabiat muhofazasi masalalari öz ifodasini topgan. «Suiqasd» romanida esa mehnatkaşlarning haqiga xiyonat qilgan, jamiyatni ma'naviy-iqtisodiy inqirozga olib kelgan yulğiç, poraxör va közböyamaçilarning aft-başarasi foş etilgan.
Özbekiston xalq artisti Obid Yunusov (1934-2015)
Özbekiston xalq artisti, özbek kinematografiyasining oltin fondidan örin olgan köplab filmlarning boş rol ijroçisi, dublyaj san'atining mohir ustasi Obid Yunusov 1934 yili Toşkentda tuğilgan. Yunus Rajabiyning öğli. Toşkent teatr va rassomlik san'ati inistitutini tugatgan (1956). 1956—1998 yillar Hamza teatri (hozirgi Özbek milliy akademik drama teatri)da işladi. Erkin («Aytsam tilim, aytmasam dilim»), Qayum («Yurak yonmoği kerak»), Xolmat («Boy ila xizmatçi»), Abbos («Mirzo Uluğbek»), Ma'mur («Kelinlar qözğoloni»), Kirill («Oqşomdan tuşgaça»), Yormat («Qutluğ qon»), Sino («Abu Ali ibn Sino»), Ötkuriy («Parvona») kabi obrazlari bilan teatr sahnasidan mustahkam örin oldi. U bir qança filmlar («Armon», «Töylar muborak», «Çinor ostidagi duel», «Çayon gul», «Şaytanat», «Şarpa» va boşqalar)da ham suratga tuşgan. Dublyaj san'atining mohir ustasi sifatida tanilgan. Hamza nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati (1989), »Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlangan (2003).
Özbekiston xalq artisti Töyçi Oripov (1928-2015)
Töyçi (Mirhosil) Oripov 1928 yili Toşkentda tuğilgan. Toşkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1953). Qöqon teatrida (1953—58), Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida (1987—94), Hamza teatrida (hozirgi özbek milliy akademik drama teatrida) (1951—53; 1958—87; 1994 yildan) aktyor bölib işlagan. Töyçi Oripov dramatik, fojiaviy va komik rollar, ayniqsa, ötkir xarakterli, salbiy obrazlar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlari hayotiy, ifoda vositalari aniq va işonarli bölib, qahramonlarining içki dunyosi, ma'naviy holati va xarakterini töliq oçişga intiladi. Teatrda Lembet (E.Töyçi Oripov Ota rolida («Bir qadam yöl»), Rannet, «Oqpadar»), Yölçi, Hakimboyvaçça (Oybek, «Qutluğ qon»), Sintaro (M. Kaoru, «Öğirlangan umr»), Ğoyib (Uyğun, «Qotil»), Salas Ina (E. Robles, «Monserra»), Solihboy (Hamza, «Boy ila xizmatçi»), Mahmud Ğaznaviy (Uyğun, «Abu Rayhon Beruniy»), Mahkam (S. Ahmad, «Kelinlar qözğoloni»), Bobobekov (Ş. Xolmirzayev, «Qora kamar»), Şayboniyxon (P. Qodirov, «Yulduzli tunlar»), ota (U. Azim, «Bir qadam yöl») kabi rollar bilan teatr san'ati rivojiga munosib hissa qöşdi. Şuningdek, videofilmlar (Amir Jondor, «Uluğbek xazinasi»; Muhiddin Jabboroviç, «Girdob»; Işoq, «Ğulğula»; Sanjarov, «Imon»; Majiddidin, «Navoiy»; Qudratxöja, «Diyonat» va b.), kinoda (Rais, «Abdullajon»; Mavlon, «Sayyod qönğiroği»; Ğaniboyvaçça, «Amirning xufiyona sayohati»; Yöldoşev, «Ikkinçi aylana böylab»; Kuyov, «Qarib quyulmagan»; Bobo, «Osmondagi bolalar» va b.) ham suratga tuşgan. Hamza nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).
Özbekiston xalq artisti Ölmas Alixöjayev (1941-2015)
Ölmas Alixöjayev 1941 yili Urgançda tuğilgan. Toşkent Davlat teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1964). 1962—96 yillarda «Özbekfilm»da aktyor, 1996 yildan «Özbekkino» kompaniyasida bölim boşliği bölib işlagan.
40 dan ortiq filmda suratga tuşgan. Asosiy rollari: Ali Quşçi («Uluğbek yulduzi»), Muzaffar («Nataşaxonim»), Otabek («Ötgan kunlar»), Yodgor Hamidov («Şiddat»), Ğulom Ahmedov, Safoyev («Tinçlik kunlari», «Kul ostidagi çöğ», Tojikfilm), Sulaymonov («Davlat çegarasi», Belorusfilm) va b.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi