Angliya Premer-ligasining 19-turi doirasida musobaqa jadvalining ikkinçi va uçinçi poğonalarida borayotgan jamoalar töqnaş kelişdi. Mavsum kaşfiyotiga aylangan "Lester" va "Mançester Siti" jamoalari örtasidagi öyinda hisob oçilmadi.
Birinçi bölimda "şaharliklar" ustunlikka erişgan bölsalar, "tulkilar" qarşi hujumda öynadilar. Ikkinçi bölimda esa "Lester" köproq hujumga taşkil qilişga harakat qildi. Uçraşuv davomida tomonlar deyarli bir xil sondagi xavfli vaziyatlarni yaratişdi. Ammo heç bir jamoaga gol uriş nasib etmadi.
Uşbu durangdan keyin "Lester" öz oçkolarini 39taga yetkazib, "Arsenal" bilan tenglaşib oldi. "Mançester Siti" esa ulardan 3 oçko ortda qolgan holda 3-örinda bormoqda.

APL, 19-TUR
"Lester" – "Mançester Siti" 0:0 (0:0, 0:0)
Lester – Şmeyxel, Simpson, Fuks, Morgan, Xut, Kante, Drinkuoter (King, 80), Olbrayton (de Lat, 90), Inler (Uloa, 67), Marez, Vardi.
Mançester Siti – Xart, Mangalya, Kolarov, Sanya, Otamendi, Fernandino, Ture, de Bryuyne, Silva (Navas, 74), Sterling (Ixeanaço, 89), Aguero (Boni, 64).







