Özbekiston Taşqi işlar vazirligi bilan kelişuv asosida AQŞning Toşkentdagi favqulodda va muxtor elçisi Pamela Spratlen Navoiy viloyatiga taşrif buyurdi.
Elçi safari davomida "Navoiy" xalqaro aeroporti hamda Erkin sanoat-industrial zona bilan tanişdi. U Navoiy viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bilan ham uçraşuv ötkazgan.
Safar taşkilotçilari elçining Sarmişsoy darasiga taşrifini ham uyuştirişgan.
Safarning yakuniy bosqiçida Navoiy davlat pedagogika universiteti rektori, oliygoh öqituvçilari hamda talabalari bilan uçraşuv ötkazilgan. Yoşlar u bilan ingliz tilida şahar va universitet ta'limi mavzusida suhbat qurişgan. Elçi özining safari davomida olgan taassurotlari bilan örtoqlaşgan. Talabalar elçiga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilişgan. Uçraşuv sönggida Pamela xonimga Navoiy şahri haqidagi kitob va navoiyliklarning milliy libosini sovğa qilişgan.






