2020 yilgaça Dubayning öz Tojmahali paydo böladi. Bu haqda «Russkiye Emirati» jurnali deya xabar bergan.
Xabarda aytilişiça «Toj-Arabiya» nomini oladigan bu sayyohlik majmuasi qurilişi 2016 yilda boşlanadi. Qayd etilişiça, bu majmua Hindistondagi tarixiy yodgorlikning ayni nusxasi bölmaydi.
«Toj-Arabiya» majmuasi uçun Dubailand nomli köngiloçar boğ hududidan sakkiz gektar maydon ajratilgan. Majmua 400 xonadan iborat beş yulduzli mehmonxona, 300ta turar-joy apartamenti, dökonlar, butiklar, 2000 kişi uçun möljallangan banket zalini öz içiga oladi.
Loyiha mualliflarining umid qilişiça, «Toj-Arabiya» Burj Xalifa bunyod etilgan vaqtdan buyon amirlik tarixidagi eng yirik loyihasi böliş bilan birgalikda, Dubayda «Ekspo-2020» ötkazilayotgan vaqtda «sayyohlik Makkasi»ga aylanişi kerak.
Oktyabr oyida Dubayda tom qismida plyaj va örmon bölgan The Rosemont Hotel & Residences nomli osmonöpar bino qurilişi haqida xabar berilgandi. Şu yilning may oyida esa 2017 yilning ikkinçi yarmigaça şaharda faqat quyoş batareyalari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanadigan dunyodagi ilk mehmonxona paydo bölişi haqida xabar qilingandi.
Ma'lumot uçun, Toj-Mahal Hindistondagi eng qadrli obidalardan biri hisoblanadi. Bu majmua 1653 yilda boburiy hukmdor Şohjahon tomonidan rafiqasi, 14 farzandini dunyoga keltiriş çoğida vafot etgan Mumtoz-Mahal xotirasiga barpo etilgan. 1983 yilda bu obida YuNeSKO röyxatiga kiritilgan.






