Fransiyalik aktyor Jyerar Deparde Fanni Ardan rejissyorligidagi filmda Iosif Stalin obrazini gavdalantiradi. Film fransiyalik yozuvçi Jan-Daniel Baltassning 2013 yili çop etilgan “Stalinning divani” psixologik roman ekranizatsiyasi böladi. Bu haqda nur.kz xabar bermoqda.
Kitob voqealari 1950 yilda sobiq ittifoqda bölib ötadi. Syujyetga köra, yoş rassom Danilov Stalinning Gruziyadagi maxfiy qarorgohiga “Xalqlar otasi” monumenti loyihasini muhokama qiliş uçun boradi, ammo suhbatdan avval u söroqdan ötişi talab qilinadi.
S'yomkada Rossiyaning “Mosfilm” kompaniyasi ham iştirok etadi. Kinokonsern sovet davriga oid kostyumlar va dekoratsiya tayyorlaşda yordam beradi.






